Muhammad Ali: "Men birinchi bo‘lib nokaut qilgan odam — onam"
“Buyuklarning buyugi” deya shuhrat qozongan Muhammad Alini tanimaydigan kimsa bo‘lmasa kerak. Muxlislari uni shaxs sifatida ham, bokschi sifatida ham yaxshi bilishadi.

U 12 yoshidan boks bilan shug‘ullana boshlagan. Olimpiada o‘yinlariga qadar “Oltin qo‘lqop” mukofotini qo‘lga kiritgan. Yarim og‘ir vazn toifasida 1960 yilgi XVII Yozgi Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lgan.
Muhammad Ali ringda o‘zining nihoyatda chaqqonligi, zarbalarining og‘irligi va tezligi bilan tanilgan bo‘lsa, ringdan tashqarida so‘zga chechanligi bilan millionlab insonlarni lol qoldirgan Shuningdek, u o‘z intervyularining birida "Men birinchi bo‘lib nokaut qilgan odam —onam", — deb eslaydi . Sababi u yoshligida onasining ikkita tishini urib tushirgan.
O‘ta og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, besh karra “Yil bokschisi” hamda 10 yillikning “Eng kuchli bokschisi” deya eʼtirof etilgan.
"O‘rmondagi mushtlashuv" Muhammad Ali ishtirokidagi eng mashhur jangalardan biri hisoblanadi.
Muhammad Alining Kongoda Jorj Forman ustidan qozongan g‘alabasini dunyo bo‘ylab millionlab boks muxlislari tomosha qilgandi. Muhammad Ali o‘shanda o‘zini "barcha zamonlardagi eng buyuk bokschi" deb atagan edi.
Bokschi professional ringda jami 61 jang o‘tkazib, ularning 56 tasida g‘alaba qozondi.
Uning havaskor ringdagi ko‘rsatkichi ham professional ringdagisidan qolishmaydi: 100 g‘alaba va besh mag‘lubiyat.
Ha, bunday yutuqlarga erishib, o‘z nomini tarixga muhrlash oson emas, albatta. Muhammad Alidek bokschi bo‘lish, uningdek katta natijalarga erishish har qanday professional bokschi uchun haligacha orzudir.
Ozoda Choriyeva







