Odamlarning eng vafoli do‘stlari
It — Yer yuzida sizni o‘zidan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘radigan eng sodiq va ishonchli hamroh.

Siz uchun uni ko‘rganingizdan keyin olishni xohlaydigan fotosuratlarni ulashmoqchimiz. Bu sizga maʼqul bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Kelli ismli bu it samolyotda ikkinchi uchuvchi sifatida uchish uchun rasmiy litsenziyaga ega. Uy egasi Kelli Grexem Mountford kuchukchani birinchi marta sayohatga olib chiqdi. Ular birgalikda samolyot salonida.

Bu kuchukchaning egasi 2006 yilda vafot etgan. Egasining vafotidan so‘ng, kuchukcha ancha yilllardan beri egasining qabrini tark etishni istamaydi.

Bu it o‘t o‘chirish mashinasi sirenasining ovozidan qo‘rqadi.

Deyv Meinert degan kishi kuchukchani qutqarib qoldi. Lekin u kuchukchani qancha umr ko‘rishini bilmaydi. Shu sababli uni har kuni suratga oladi.

It qiyin paytda egasini tashlab ketmadi.

Garchi Chester ismli keksa itning yashashiga sanoqli kunlar qolgan bo‘lsa-da, odamlar unga befarq bo‘lmadi. Uning yangi egalari o‘limidan oldin baxt, quvonch bermoqchi bo‘lishdi.

Malori Peyj mototsiklda eng yaqin do‘sti Baylor ismli it bilan Alyaskani aylanib chiqdi.

Po ismli bu itga davosi yo‘q kasallik tashxisi qo‘yilgan. Uy egasi Neil Rodriges Poning so‘nggi his-tuyg‘ularini quvonchli qilish uchun u bilan birgalikda sayohat qilishga qaror qildi.

Bu it sud majlislarida stressni yengillashtiradi. U bolalarga haqiqatni gapirishga jasorat topishga va o‘z tajribalarini yashirmaslikka yordam beradi.

Fotosuratchi Teron Xamfri bu itni boshpanada ko‘rganida: "Men uni bu qafasda tashlab ketolmayman", deb o‘yladi. O‘shandan beri ular birga.

Chaqaloq Dylan va Farli ismli kuchukcha bir kunda tug‘ilgan. Ular o‘zlarini aka-uka deb o‘ylashadi.
Itlar bizni doim himoya qilsa-da, buning evaziga hech narsa talab qilmaydi. Shu sababli har doim biz uchun qadrdon do‘stlar bo‘lib qoladi.
Ozoda Choriyeva







