Olimpiada chempionligida oltin medalga sazovar bo‘lgan sportchilar qaysi davlatda qancha pul oladi?
“Аргументы и факты” nashrining yozishicha, singapurlik sportchi oltin medalga sazovar bo‘lsa 1 million AQSH dollari bilan mukofotlanadi.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini Qozog‘iston egallagan. Qo‘shnilarimiz Olimpiada g‘olibini 250 ming dollar bilan rag‘batlantiradi. Ozarbayjon hukumati esa g‘olib sportchiga 248 ming dollar sovg‘a qiladi.
Shuningdek, mamlakati sharafini munosib himoya qilib, Olimpiada oltin medaliga sazavor bo‘lgan italiyalik sportchi – 212,4 ming, o‘zbekistonlik sportchi 200 ming, belaruslik sportchi 129 ming, ukrainalik sportchi 125 ming, qirg‘izistonlik sportchi 118,5 ming, fransiyalik sportchi 74,8 ming, rossiyalik sportchi 54 ming, xitoylik sportchi 46,3 ming, yaponiyalik sportchi 45,2 ming, AQSHlik sportchi 37,5 ming, tojikistonlik sportchi 26,3 ming va avstraliyalik sportchi 20 ming dollar pul bilan siylanadi.







