Siyosat

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari uchrashdi

 

 

O‘zbekiston Prezidenti Sadir Japarovni ilk bor Maslahat uchrashuvida ishtirok etayotgani bilan chin dildan qutladi va bu ko‘p tomonlama «muloqot maydoni» mintaqamiz farovonligi yo‘lida mamlakatlarimiz saʼy-harakatlarini birlashtirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

 

Uchrashuvda, avvalo, joriy yil 11-12 mart kunlari Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil muhokama qilindi.

 

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi qariyb 10 foizga ortib, 425 million dollardan oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarida, xususan sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mashinasozlik va boshqa tarmoqlarda ko‘shma loyihalarni amalga oshirish boshlab yuborilgan. Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuv olib borilmoqda.

 

Energetika sohasidagi hamkorlik, xususan, Qambarota-1 gidroelektr stansiyasini birgalikda qurish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Davlatimiz rahbari “O‘zbekiston –  Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li strategik ahamiyatga ega ekani, uni qurish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish muhimligini taʼkidladi.

 

Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekistonning mintaqada samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash borasidagi amaliy saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvatlashini bildirdi. Davlatimiz rahbarining Markaziy va Janubiy Osiyo hamkorligini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari mintaqamizning qardosh xalqlari manfaatlariga xizmat qilishini taʼkidladi.

 

Barcha sohalardagi aloqalarni izchil rivojlantirish uchun oliy va yuqori darajadagi muloqotni muntazam davom ettirishga kelishib olindi.

 

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari uchrashdi | Zamon.uz