AQSH internet tezligini oshirishga $65 milliard sarflamoqchi
AQSH qonunchilari qiymati $1 trillion bo‘lgan infratuzilma chora-tadbirlarini yaratgan edilar.

Loyihaga ko‘ra, mamlakatda internet tezligini oshirishga $65 milliard sarflanishi mumkin.
Qonun chiqaruvchilarning maʼlum qilishlaricha, bu holat koronavirus pandemiyasi davrida uydan ishlashga majbur bo‘lgan amerikaliklarga yuqori tezlikda internetga kirish imkoniyatini beradi.
Ushbu taklif respublikachilar va demokratlar o‘rtasida umumiy ustuvorlikka erishish uchun zarur kelishuv bo‘libgina qolmay, Prezident Jo Baydenning kun tartibigi eng asosiy masalalardan sanaladi.
Qaror bo‘yicha ovoz berish jarayoni bugun, yaʼni shanba kuni bo‘lib o‘tadi.







