Sport

Messi “PSJ”da yangi tarix yarata oladimi yoxud Ispaniyadan Fransiya sari…

Shu kunlarda davrimizning afsonaviy futbolchisi Leonel Messining «Barselona»dan «PSJ» klubiga o‘tishi millionlab futbol ishqibozlari diqqat-eʼtiborini jalb etmoqda.  Messi nega kataloniyaliklar safini tark etdi, uning Parij klubini tanlashida qanday sabablar mavjud, degan savollar paydo bo‘lmoqda. Bugun asosan ana shunday savollarga javob topishga harakat qilamiz.

Messi “PSJ”da yangi tarix yarata oladimi yoxud Ispaniyadan Fransiya sari…

 

“Ko‘k-anorranglilar” uchun munosib nomzod

 

Messi Kataloniya klubiga kelishidan avval o‘zi tug‘ilgan shahri jamoasi «Nyuyellz Old Boyz»da o‘ynagan. Otasi bilan Ispaniyaga 2000 yilda kelgan. Sababi klub skautlari Martin Montero va Fabian Soldino uning iqtidorini payqab qolishgan. O‘sha vaqtda Messi o‘yinini ko‘rgan «Barselona»ning sport direktori Karlos Reksach “ko‘k-anorranglilar” uchun juda kerakli futbolchini uchratganini angladi va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlay boshladi.  Messi jamoaga tezda qo‘shilib ketdi. U klub safida birinchi golini urganda atigi 17 yoshda edi. Leo “Barselona” uchun 2005 yildan to bugungi kunga qadar to‘p surdi. Ana shu klubda tarbiya topdi va shu yerda mashhurlik cho‘qqisiga chiqdi.

 

“Barselona” va Messi

 

Messi klub safida dastlabki mavsumdayoq Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Undan keyingi chempionatdagi omadsizlikdan so‘ng “Barselona” jamoasi safida katta o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Kataloniyaliklar Xosep Gvardiola boshqaruvida o‘zgacha shiddat va taktikaga ega bo‘ldi. Ispaniyalik murabbiy qo‘li ostida Leo bir necha bor «La liga» to‘p urari bo‘ldi. Yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to‘p» sovrinini o‘sha yillari hech kimga bermadi. Ushbu davrda “Barselona” Yevropa maydonlari uzra chempionlik nashidasini sura boshladi. Messi o‘sha vaqtlarda millionlab insonlarning tiliga tushib ulgurgan, dunyoning yangi yulduziga aylanib bo‘lgandi. Uning o‘yin uslubi, hujumkorligi, har bir bahsda gol ura olishi bilan jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. Muxlislar uning aldamchi harakatlaridan zavqlanar, gollarini intiqlik bilan kutardi. Leonel bugungi kunga qadar olti marta «Oltin to‘p», besh karra «Oltin butsa» sohibi bo‘ldi. U shaxsiy va jamoaviy hisobda 35 ta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu hammaga ham nasib etmaydigan, har bir futbolchi  orzu va havas qiladigan  yutuqdir.

 

                                                                     Messi nega“Barsa”dan ketdi?

 

Messining «Barselona» safida qolish-qolmasligi masalasi aslida  to‘satdan paydo bo‘lib qolgani yo‘q: bu borada oldin ham  bahs-munozara,  muhokamalar bo‘lib o‘tgan edi. Shu bois «U o‘z faoliyatini jonajon jamoasida yakunlaydimi?» degan savollar paydo bo‘lgan,  «Manchester siti» klubiga o‘tishi haqida turli mish-mishlar tarqalgandi. Bu kabi gaplarning ommalashib ketishiga, eng avvalo, Kataloniya klubining iqtisodiy ahvoli va jamoaning milliy chempionat va chempionlar liagasidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab bo‘ldi. Ammo Messi bunday mish-mish va gaplarga eʼtibor bermay sevimli jamoasida o‘ynashda davom etdi. Shu yilning 5 avgust kuni  yangi shartnomaga imzo chekish uchun klubga keldi va jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishaman, deb o‘yladi. Leo «Barsa»da qolish uchun hatto maoshining yana-da kamayishiga ham tayyor ekanligini aytdi. Biroq klub rahbariyati maosh chegarasini chetlab o‘tishning iloji yo‘qligini bildirishdi. Futbolchining ispan jamoasi bilan shartnomasi uzaytirilmaganligidan so‘ng uning endi qaysi klubga o‘tishi borasida muhokamalar boshlandi.

 

Uni kimlar sotib olmoqchi bo‘ldi?

 

Leoning «Barselona» bilan shartnomasi bekor bo‘lganidan so‘ng uni bir qator klublar sotib olish harakatiga tushishdi. Masalan, «Inter», «Manchester Siti», «PSJ», «Chelsi» kabi klublar  qiziqish bildirdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, u bian Qatarning «Al-Sadd» klubi ham  qiziqqani maʼlum bo‘ldi. Qatarliklar Messiga uch yillik shartnoma uchun 1 milliard yevro taklif qildi. Ammo so‘nggi yangiliklarga qaraganda, Messi Fransiyaning “PSJ” klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Unga ko‘ra futbolchi jamoa bilan 2023 yilning yoziga qadar kelishuv tuzgan. Leoning Parij jamoasida bir mavsumda 50 million oylik olishi va klubda 19-raqamda o‘ynashi maʼlum bo‘ldi. 

 

 Parij Leoni kutmoqda

 

Parijliklar bu mavsumda o‘z safiga bir qancha futbol yulduzlarini  qo‘shib oldi. Ularning safiga Leonel Messining ham qo‘shib olinishi ularni Yevropada yaqqol favoritga aylantirmoqda. Messining «PSJ» klubiga o‘tishiga Neymar va Di Marianing ham hissasi bor, deb aytilmoqda. Leonelning “PSJ”ga o‘tishi hujum chizig‘ining yana-da kuchayishiga olib keladi. Uch yillik shartnoma muddatiga tayanib xulosa qiladigan bo‘lsak, oldingi chiziqda raqobat yuzaga kelishi aniq. Negaki jamoada Neymar va Mbappe birinchi darajali hujumchi bo‘lish uchun harakat qilayotgan vaziyatda Messining ham bu safga qo‘shilishi jamoa g‘alabalarining davomiy bo‘lishidan darak beradi. Bu yerda jamoaviy taktika ham to‘g‘ri tanlay olinishi katta ahamiyatga ega. Parij klubida Messining «Barselona»da bo‘lgani kabi asosiy figuraga aylanishi biroz qiyin kechishi turgan gap. «PSJ»da uchala dunyoga mashhur hujumchi ham hech qanday jarohatlarsiz, barqaror o‘yin namoyish eta olishsa, ularni to‘xtatib qolish raqiblar uchun oson kechmasligi shubhasiz.

 

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Messi “PSJ”da yangi tarix yarata oladimi yoxud Ispaniyadan Fransiya sari… | Zamon.uz