Bahodir Jalolov Olimpiada chempioni
Tokio Olimpiadasining so‘nggi kunida hamyurtimiz Bahodir Jalolov +91 kg vazn toifasida final jangini o‘tkazdi.

Ushbu bahsda bokschimizga AQSHlik Richard Torrez raqiblik qildi. Natijada jangda ustunlikka ega bo‘lgan Bahodir Jalolov g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu bilan sportchimiz delegasiyamiz hisobiga uchinchi oltin medalni taqdim etdi.







