"So‘nggi besh kunda 87 149 nafar aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan" — SSV
SSV so‘nggi besh kunlikda necha kishi vaksina qabul qilganini ma’lum qildi.

"Yurtimizda so‘nggi kunlarda vaksinasiya jarayonlari har qachongidan ham samarali davom etayotgani ko‘rinmoqda. Bu esa xalqimizning emlash borasidagi qarashlari ijobiy tomonga o‘zgarayotganini, o‘zining va yaqinlarining sog‘ligiga jiddiy qarayotganini bildiradi" — deyiladi vazirlik xabarida.
Jumladan,
So‘nggi 5 kunda yurtimizdagi emlash punktlarida 1 544 882 doza vaksina qo‘llanildi.
Ularning 1 215 076 dozasi bilan birinchi marta vaksina olgan fuqarolar emlandi.
Joriy yilning 2-6 avgust kunlarida qo‘llangan vaksinalarning:
8 886 dozasi “Sputnik V”,
804 029 dozasi ZF-UZ-VAC2001,
731 967 dozasi Moderna vaksinasidir.
Shu kunlar oralig‘ida 87 149 nafar aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.







