Tokio-2020. Umumjamoa hisobida kim nechanchi o‘rinda?
Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi hozirda 3 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 31-o‘rinni egallab turibdi.

Ushbu natijani MDH mamlakatlari orasida oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Rossiya Olimpiya qo‘mitasi delegasiyasidan so‘ng 2-o‘rinni band etgan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistondan so‘ng 2-o‘rin qo‘shni Qirg‘iziston delegasiyasiga nasib etdi. 16 nafar sportchi bilan Olimpiyadaga borgan Qirg‘iziston yakunda 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Turkmaniston (1 ta kumush) va Qozog‘iston (8 ta bronza) egalladi. Tojikiston esa musobaqani medalsiz yakunladi.









