Lifestyle

Ko‘zni quvontiruvchi "Gullar dastasi"

Ko‘zni quvontiruvchi "Gullar dastasi"

Ko‘zni quvontiruvchi "Gullar dastasi"

 

Uy o‘simliklari, jumladan, gullar deyarli har bir xonadonda uchraydi. Ular nafaqat havoni tozalaydi, balki ko‘zni ham quvontiradi.

Biz sizni yana bir bor quvontirish uchun noyob gullar ulashishni lozim topdik.

 

Lantana

Lantana — yorqin, tez o‘sadigan o‘simlik, uning gullari vaqti-vaqti bilan rangini o‘zgartiradi. U yoqimli, achchiq, xushbo‘y hidga ega. Issiqlikni yaxshi ko‘radi. U bahor va yoz bo‘yi gullab –yashnab ko‘zni quvontiradi. Uni parvarish qilish oson, hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

 

Takkashantre

Takkashantre — bizga issiq tropik o‘lkalardan kelgan ekzotik gul. To‘q rang va g‘alati shakli uchun uni "qora nilufar" deb ham atashadi. O‘simlik nam havo va iliqlikni yaxshi ko‘radi.  Takka deyarli  yil davomida gullaydi, uning g‘ayri oddiy ko‘rinishi bog‘bonlar va havaskorlarning diqqatini tortadi.

 

Tsikas

Tsikas palma daraxtiga juda o‘xshaydi. Quyosh nuri va qisman namlikni yaxshi ko‘radii. Uni  o‘rtacha darajada sug‘organ maʼqul.

 

Royal Strelitzia

Royal Strelitzia  Afrikadan keltirilgan. O‘simlikni "jannat qushi" nomi bilan ham atashadi. Sababi, gulning shakli tukli qushni eslatadi. Uni faqat xona haroratida tozalangan suv bilan sug‘orish kerak.

 

Eforforiya

Eforforiya  kaktusga o‘xshaydi, faqat uning tikani yo‘q. Qattiq o‘simlik, quyosh nurini yaxshi ko‘radi. Sovuqdan ham, qurg‘oqchilikdan ham qo‘rqmaydigan “dovyurak” o‘simlik. Uni asosan issiq mavsumda sug‘orish kerak. Eforforiya sekin o‘sadi, shuning uchun uni tez -tez ko‘chirishning hojati yo‘q.

 

Platizerium

Platizerium barglariga nisbat berib, uni "kiyik shoxi" deb ham atashadi. Uning uchun eng qulay sharoit — yorug‘ joy va iliqlik.

 

Euphorbiatirusalli

Euphorbiatirusalli odatda "olov tayoqchalari" deb nomlanadi. Bu o‘simlik deyarli bargsiz va quyosh nurlari taʼsirida g‘ayrioddiy ranga ega bo‘ladi. Shuning uchun, agar siz uni soyaga ko‘chirsangiz, shilimshiq va yashil rangga aylanadi. Bunday ajoyib daraxtni ko‘p sug‘orish shart emas. Qishda oyiga bir marta sug‘orish kifoya.

 

Streptokarpus

Streptokarpus bizga Madagaskar va Janubiy Afrikadan olib kelingan ajoyib gul.Uni  o‘rtacha darajada sug‘organ afzal.

 

Solumnea

Solumnea issiq tropik o‘rmondan keltirilgan. Bu nozik o‘simlikning novdalari, och qizil, to‘q sariq yoki sariq gullari bor.

 

Slerodendrum

Slerodendrum asosan Afrika va Osiyoning tropik zonasida o‘sadi. Namlikni yaxshi ko‘radi, chidamli o‘simlik, to‘g‘ri parvarish qilinsa,  yil bo‘yi gullab-yashnashi mumkin.

Ozoda Choriyeva

Ko‘zni quvontiruvchi "Gullar dastasi" | Zamon.uz