O‘zbekistonlik olimpiadachilar yurtimizga qaytadi
Kecha, 8 avgust kuni dunyo sport sahnasidagi eng muhim musobaqalardan biri bo‘lgan Tokio Olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi.

Shu sababli, Tokio Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi bugun, 9 avgust kuni Toshkentga uchib keladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, delegatsiya samolyoti Toshkent Xalqaro aeroportiga soat 20:00 da yetib kelishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, soat 21:00 da delegatsiya Xalqaro aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqishlari reja qilingan. So‘ngra Milliy Olimpiya qo‘mitasida tantanali kutib olish marosimi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Tokio Olimpiya o‘yinlarida umumiy hisobda 5 ta medal: 3 ta oltin va 2 ta bronza qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida jahon reytingida 32-o‘rinni egalladi.







