Tokio-2020: Olimpiyadachilarimiz ishtiroki haqida fotoreportaj
Tokio-2020. Olimpiyadachilarimiz ishtiroki haqida fotoreportaj


O'zbekiston delegatsiyasi Tokio shahriga yetib keldi.

Olimpiyachilarimiz ochilish marosimiga tayyor.

Jamoamiz Olimpiyada paradiga chiqib kelmoqda.

Tokio-2020. Tasvirchilarning kameralariga muhrlangan holat.

19 yoshli Olimpiya chempioni Ulug'bek Rashitov final jangidan so'ng.

Olimpiya o'yinlarida eng ko'p ishtirok etgan Oksana Chusovitina faoliyatini ko'z yoshlar bilan yakunladi.

Og'ir atletikachimiz Adhamjon Ergashovning so'nggi chiqishi.

O'zbekiston ayollar boksida Olimpiyadada dastlabki g'alabani qo'lga kiritib, tarixga kirgan Tursunoy Rahimova.

Delegatsiyamiz a'zolari sportchilarimizni qo'llab-quvvatlashmoqda.

Ko'zida yosh bilan musobaqani yakunlagan Olimpiya rekordchisi Muattar Nabiyeva.

Jamoaviy bellashuvning birinchi bosqichida omadsizlikka uchragan dzyudochilarimiz va bronza medal sohibi Davlat Bobonov.

G'alabaning ortida juda katta mehnat yotadi. Olimpiya chempioni va rekordchisi Akbar Jo'rayev.

Sensatsiya. Shahobiddin Zoirovning chorak final jangidan keyingi afsuslari.

Bronza medal egasi Bekzod Abdurahmonovning ishonchli g'alabasidan keyingi holat.

Safina Sadullayeva. 15-kungi bahslardagi chiqish. U maxsus oshib o'tiladigan to'siqqa "Tushma" deya iltimos qilmoqda.

G'alaba ko'z yoshi. Bahodir Jalolov oxirgi kungi bahslarda jamoamiz hisobiga uchinchi oltin medalni taqdim etib butun o'zbek xalqini faxriga aylandi.

Tokio-2020. Yurtimiz bayrog'i Olimpiya o'yinlarida 3 bor yuksakka ko'tarildi.

Tokio Olimpiyadasi yakuni. Navbat Fransiyaning Parij shahriga.







