Xalqaro kosmik stansiyasida ilk bor sport musobaqasi o‘tkazildi
Xalqaro kosmik stansiyasida ilk bor "Kosmik Olimpiya o‘yinlari" o‘tkazildi. Bu haqda fransiyalik astronavt Toma Peske o‘z Twitter sahifasida eʼlon qildi.


Uning so‘zlariga ko‘ra, “turnirda” 4 ta yo‘nalish bo‘lib, unda 7 atlet qatnashgan. Ular ikki jamoaga bo‘linishgan.
"Polsiz erkin dasturda" rossiyalik Petr Dubrov g‘olib bo‘ldi: u mashqlarni hech qayerga tegmasdan bajargan.
Keyingi sport turi — «qo‘lsiz gandbol” qoidasiga ko‘ra, kosmonavtlar sharni faqat nafaslari yordamida darvozaga kiritishga harakat qilishdi.
Kosmonavtlar "Kosmik Olimpiya o‘yinlari" doirasida sinxron suzish va vaznsizlikda otish bo‘yicha ham bellashdilar.
Sharofat Mahmudova







