Sport

Bekzod va Nigoraning sevgi tarixi qanday va qayerda boshlangan?

Sport ishqibozlari uzoq kutgan “Tokio-2020” Olimpiadasi kurashlar, bahs-munozaralar, alamli ko‘z yoshlar, quvonch va hayajonlarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston jamoasi unda uchta oltin, ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ishtirokchilar mamlakatimizda katta tantana va shod-xurramlik bilan kutib olindi.

Bekzod va Nigoraning sevgi tarixi qanday va qayerda boshlangan?

 

Ayniqsa, Olimpiadaning ikki nafar ishtirokchisi Bekzod Abdurahmonov va Nigora Tursunqulovaning to‘yi bo‘lishi haqdagi xabar barchamizga quvonch bag‘ishladi. “Tokio-2020” Olimpiadasining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov bilan bu gal sport emas, ikki yosh o‘rtasidagi munosabatlar haqida suhbatlashdik.

 

—Nigora bilan oralaringizdagi munosabat, ahd-paymon qachon va qayerda boshlangan?

—Nigora bilan yaqindan 2016 yil Rio Olimpiadasida tanishganman. Xarakterimiz bir-biriga juda mos kelgan. O‘shanda men o‘zimga munosib yor, umr yo‘ldosh uchratgani va topganimni anglaganman. Qandaydir mehr bizni bir-birimizga bog‘lab turadi. Shundan so‘ng oila qurishni rejalashtirganmiz.

 

—Sportchiga uylanishingizga uydagilaringiz qanday munosabatda bo‘ldi?

—Bu qarorimni uydagilarim to‘g‘ri qabul qilishdi. Chunki sportchi sportchini yaxshi tushunadi. Ikkalamiz ham terma jamoa bilan doim birga bo‘lamiz. Jarohatlar olsak, bir-birimizga yordam beramiz. Yurtimizdan uzoqda bo‘lgan vaqtlar bir-birimizga dalda bo‘lamiz. Ko‘rdingizmi, buning ijobiy jihatlari juda ko‘p. Oilamizdagilar ham ko‘proq mana shu tomonlarga eʼtibor qaratib, bizni qo‘llab-quvvatlashgan desam to‘g‘ri bo‘ladi.

 

—Unashtirish marosimlaringiz qachon bo‘lib o‘tdi?

—Bir yil oldin.

 

—Tuydan so‘ng qayerda yashamoqchisizlar?

—Hozirdan bir narsa deb ayta olmayman. Chunki AQSHda ham, O‘zbekistonda ham yashash imkonimiz mavjud. Nigora sportdagi faoliyatini davom ettirmoqchi. Men esa bunga qarshi emasman. Shunday bo‘lgan taqdirda terma jamoa yig‘inlarida muntazam ishtirok etish kerak bo‘ladi. Shunda O‘zbekistonda istiqomat qilishimizga to‘g‘ri keladi.

 

—Keyingi Olimpiadalarda ham birgalikda qatnashish rejangiz bormi?

—Uch yilda nimalar bo‘lishini oldindan aytolmaymanu, lekin Parij Olimpiadasida ham Nigora bilan ishtirok etmoqchimiz. Xudo xohlasa, unda ikkalamiz ham oltin medal olib, yurtimizga xursandchilik bilan qaytmoqchimiz.

 

—Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Nigoraning qiz bazmi bo‘lib o‘tgani haqida xabar tarqaldi. Bu qachon bo‘lib o‘tgan edi?

—Bu bazm 7 avgust kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tdi.

 

—Agar sir bo‘lmasa tuylaringiz qayerda bo‘lib o‘tadi?

—Ming afsuski, bu haqda maʼlumot berolmayman. Chunki to‘yimiz yon-atrofida turli-tuman gap-so‘zlar yuribdi. Buni oshkor etolmayman. Buning uchun sizdan uzr so‘rayman.

 

—Nigora bilan munosbatlaringizga 5 yil bo‘libdi. To‘ylaringiz nega avvalroq bo‘lmadi?

—To‘yimiz shu vaqtga qadar bo‘lib o‘tmaganiga asosiy sabablardan biri, bu —Tokio Olimpiadasi. Chunki Rioda sovrindor bo‘la olmaganimdan keyin Tokio Olimpiadasida munosib ishtirok etishni rejalashtirgan edim. To‘yimiz 2020 yilda bo‘lishi kerak edi. Ammo o‘tgan yili Olimpiya o‘yinlari pandemiya sabab qoldirilganidan so‘ng, to'yimiz ham kechikdi.

 

                                                                                               Jamshidbek Amirov suhbatlashdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bekzod va Nigoraning sevgi tarixi qanday va qayerda boshlangan? | Zamon.uz