Qozog‘iston Prezidenti “Tokio-2020”dagi natijani tanqid qildi
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev mamlakat sport delegatsiyasining “Tokio-2020” Olimpiadasidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

«Tokio-2020” Olimpiadasida Qozog‘istondan 93 nafar sportchi ishtirok etdi. Atletikachilarimizga minnatdorlik bildiraman. Bronza medali sohiblarini tabriklayman, bu, albatta, ularning tinimsiz mehnati mahsulidir.
Biroq umumjamoa hisobida mamlakat sportchilarining 8ta bronza bilan 83-o‘rinni egallagani – Qozog‘istonning sport salohiyati va sportni rivojlantirish uchun davlat ajratayotgan katta mablag‘ga mos emas.”, dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston “Tokio-2020” Olimpiadasida faqat 8ta bronza medali bilan cheklandi. Birorta ham oltin yoki kumush nasib qilmadi.
Jamshid Amirov







