Salomatlik

Tiniqib uxlashga yordam beradigan 7 odat

Tiniqib uxlash endokrin, yurak-qon tomir tizimi va organizmdagi aʼzolar faoliyatida muhim sanaladi. Uyquning meʼyorda bo‘lishi uchun esa mutaxassislar ayrim jihatlarga eʼtibor berish kerakligini taʼkidlaydi.

Tiniqib uxlashga yordam beradigan 7 odat

 

 

Milk va tishlar salomatligi haqida qayg‘uring

Tishlarni yotishdan avval yuvish va ovqat qoldiqlarini yo‘qotish uchun maxsus ipdan foydalanishning o‘zi kifoya emas. Stomatologlar buning o‘zi bilan cheklanmasdan maxsus vosita bilan tishlarni chayishni tavsiya qiladi. Gap shundaki, uxlaganda organizmdan suyuqlik, xususan, tishlar va til uchun muhim bo‘lgan so‘lak ham kam miqdorda ajraladi. Kechasi tishlarni xavfli bakteriyalardan himoya qilish uchun antiseptik vositadan foydalanib chaying.

Uyqu rejimda bo‘lsin

Uyquga yotish hamda uyg‘onish bir vaqtda va tartibli bo‘lishiga rioya qiling. Bu, birinchidan, sirkad ritmni meʼyorda bo‘lishiga hissa qo‘shadi ikkinchidan esa uxlash odatini shakllantiradi va natijada sizni uyqusizlik bezovta qilmaydi.

Tamaddi qilishni unutmang

Kechasi shakar va uglevodlarga boy og‘ir ovqat isteʼmol qilish zararli hisoblanadi. Ammo oqsil, kletchatka va to‘yinmagan yog‘lar (masalan, sabzavotlar qo‘shilgan tvorog yoki sabzavot va yong‘oqdan tayyorlangan salat)ni o‘z ichiga olgan yengil tamaddi koni foyda.

Yoga bilan shug‘ullaning

Shifokorlar asab tizimini ortiqcha zo‘riqtirmaslik uchun kechasi sport bilan shug‘ullanmaslikni tavsiya qiladi. Ammo ushbu maslahat yogaga taalluqli emas. Yengil mashqlar tinchlanishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kunini o‘tib o‘tkazadiganlar uchun yaxshi samara beradi. Kechga borib mushak va suyaklar bo‘shashishga muhtoj bo‘ladi. Bel, yonbosh, boldir, shuningdek, yelka va bo‘yinning chigalini yozishga yordam beradigan mashqlarni bajaring. O‘zingizni yaxshi his qila boshlaysiz.

Limon qo‘shilgan issiq suv iching

Limonli, ayniqsa, yalpiz va moychechak qo‘shilgan ichimlik nafaqat tinchlanishga yordam beradi, balki metabolizmni ham jadallashtiradi. Qolaversa, organizmdagi pH miqdorini meʼyorlashtirib, organizmni jig‘ildon qaynashi va boshqa shunga o‘xshash yoqimsiz jarayonlardan himoya qiladi.

Spirtli ichimlikdan voz keching

Yotishdan avval ichilgan bir qadah vino uyqu sifatini 40 foizga kamaytiradi. Alkogol uyqu siklini nazorat qiladigan miyadagi neyrotransmitterlarga salbiy taʼsir qiladi. Menopauza davridagi ayollarda esa spirtli ichimlik ahvolni yana-da yomonlashtiradi.

Yorug‘lik bo‘lmasin

Uyqudan bir soat avval kompyuter va smartfondan foydalanmang. Ulardan taraladigan moviy nur uyqu gormoni melatoninning ishlab chiqarilishiga salbiy taʼsir qiladi. Qolaversa, yotoqxona hamda vannaga uncha yorqin bo‘lmagan lampalarni qo‘yish tavsiya qilinadi. Bu tanani kechki uyquga hozirlaydi, shuningdek, kechasi to‘liq dam olishga xalal beradigan stress gormoni miqdorini kamaytiradi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Tiniqib uxlashga yordam beradigan 7 odat | Zamon.uz