Sport

Bugundan Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionati boshlanadi

Bugun, 13 avgustdan futbol bo‘yicha 3 ta kuchli chempionatga start beriladi: Angliya premer ligasi, Ispaniya la-ligasi va Germaniya bundesligasi. Fransiya chempionati o‘tgan hafta boshlangan.

Bugundan Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionati boshlanadi

 

 

Angliyada yangi mavsumni bugun kechasi «Brentford» va «Arsenal» o‘rtasidagi oyin ochib beradi. Turning markaziy uchrashuvi esa 15 avgustga belgilangan: «Tottenxem» - «Manchester Siti».

 

Italiya chempionati keyingi haftadan boshlanadi. Kuchli beshlik chempionatlarining o‘yinlarini «Uzreport» va «Futbol TV» telekanallari orqali jonli efirda ko‘rish mumkin.

Angliya premer ligasi, 1-tur

13 avgust

Brentford - Arsenal

14 avgust

Manchester Yunayted - Lids
Bernli - Brayton
Lester - Vulverxempton
Uotford - Aston Villa
Chelsi - Kristal Pelas
Everton - Sautgempton
Norvich - Liverpul

15 avgust

Nyukasl - Vest Xem
Tottenxem - Manchester Siti

Ispaniya chempionatini «Valensiya» va «Xetafe» jamoalari boshlab beradi. Shuningdek, «Real» Madrid «Alaves» mehmoni bo‘lsa, Messisiz «Barselona» o‘z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qiladi.

Ispaniya la-ligasi, 1-tur

13 avgust

Valensiya - Xetafe

14 avgust

Kadis - Levante
Malorka - Betis
Alaves - Real Madrid
Osasuna - Espanol

15 avgust

Selta - Atletiko
Barselona - Real Sosedad
Sevilya - Rayo Valekano

16 avgust

Vilyarreal - Granada
Elche - Atletik

Bundesligani esa «Bavariya» mehmonda «Borussiya M.»ga qarshi o‘yin bilan ochib beradi. Bu turda markaziy o‘yinlar yo‘q bo‘lsa-da, mazkur chempionatning har bir o‘yini o‘ziga xos jozibaga ega.

Germaniya bundesligasi, 1-tur

13 avgust

Borussiya M - Bavariya

14 avgust

Arminiya - Frayburg
Augsburg - Xoffenxaym
Volfsburg - Boxum
Union Berlin - Bayer
Shtutgart - Groyter Fyurt
Borussiya D - Ayntraxt F

15 avgust

Mayns - Leypsig
Keln - Gerta

Fransiya chempionati esa allaqachon boshlangan. Bugun «Loryan» - «Monako» o‘yini bilan 2-turga start beriladi. Messisi bor «PSJ» esa ertaga o‘z uyida «Strasbur»ni qabul qiladi.

Fransiya 1-ligasi, 2-tur

13 avgust

Loryan - Monako

14 avgust

Lill - Nitssa
PSJ - Strasbur

15 avgust

Anje - Lion
Brest - Renn
Klermon - Trua
Nant - Mets
Reyms - Monpele
Lans - Sent-Eten
Marsel - Bordo.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bugundan Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionati boshlanadi | Zamon.uz