Sport

Oksana Chusovitinaga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni berildi

Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Chusovitinaning sport mahorati maktabini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Oksana Chusovitinaga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni berildi

 

 

Prezident Olimpiada o‘yinlari ishtirokchilari uchrashuvida ko‘p yillar davomida sport gimnastikasi bo‘yicha sportchi — Oksana Chusovitinaning xizmatlariga alohida to‘xtaldi, deb xabar berdi prezident matbuot kotibi.

 

«Oksana Aleksandrovnaning navbatdagi ishtiroki Tokio Olimpiadasining muhim voqeasi sifatida e’tirof etildi. Dunyo hamjamiyati Oksananing chiqishini katta zavq va hayajon bilan kuzatar ekan, Chusovitinaning matonatiga, o‘z ishiga bo‘lgan sadoqatiga tan berdi», — dedi davlat rahbari.

 

«Hayotini sportga, bunday yirik musobaqada muvaffaqiyatga erishishdek maqsadga bag‘ishlash uchun zo‘r iroda va fidoyilik kerak, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Bunday afsonaviy sportchimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Uning mardligi, g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishi yosh sportchilarimiz uchun muvaffaqiyat va shuhrat qozonishning o‘ziga xos ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda», — dedi prezident.

 

Shavkat Mirziyoyev ulkan xizmatlari uchun Oksana Chusovitinaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni berilganini ma’lum qildi.

 

 

Prezident matbuot kotibi ta’kidlashiga ko‘ra, davlat rahbari Oksana Chusovitina murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli olib borib, sport gimnastikasi bo‘yicha yangi chempionlarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shishiga umid bildirdi.

 

Shuningdek, Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish va ularning faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratishga topshiriq berildi.

 

«Hurmatli Oksana Aleksandrovna, Vatanimizga bo‘lgan mehringiz va sadoqatingiz, sportdagi fidoyiligingiz, bukilmas iroda va matonatingiz uchun sizga yana bir bor katta minnatdorchilik bildiraman», — dedi prezident.

custom img

Erondagi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining ahvoli qanday?

Maʼlumotlarga ko‘ra, ular notinch vaziyat sababli Eronni vaqtincha tark etyapti.

custom img

Eron rasman Jahon chempionatini tark etdi

Hukumat sportchilarning Jahon chempionatiga borish xavfini o‘z zimmasiga olmasligini bildirdi.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Oksana Chusovitinaga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni berildi