O‘zbekiston milliy jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy jamoasining Srechko Katanets qo‘l ostida o‘tkaziladigan dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqibi ma'lum bo‘ldi.


OFK kalendariga muvofiq, 30 avgustdan 7 sentabrga qadar Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi.
«FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida O‘zbekiston milliy jamoasi ham ushbu muddat mobaynida Toshkent va Stokholm shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Shuningdek, yig‘in davomida vakillarimiz Shvetsiya milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahsga 5 sentabr sanasida Stokholmdagi «Friends» stadioni mezbonlik qiladi», - deyiladi O‘FA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘FA Vadim Abramov o‘rniga O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Srechko Katanets ish boshlashini e'lon qilgan edi.







