Bellator 264da amaldagi chеmpion kamarini saqlab qoldi
Bugun AQShning Konnektikut shtati Ankasvill shahridagi “Mohegan Sun” Arena'da navbatdagi MMA turniri yakunlandi.


Bellator 264 oqshomining markaziy jangida MMA bo’yicha o‘rta vazn toifasining amaldagi chempioni Gegard Musasi amerikalik da'vogar Jon Solter bilan to‘qnash keldi.
Besh raundga mo‘ljallangan chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi. Niderlandiyalik Musasi raqibini parterga tushirib, ketma-ket kuchli zarbalar yo‘lladi.
Solter bu vaziyatga qarshi hech nima qila olmagach referi jangni to’xtatishga majbur bo’ldi. Amaldagi chempion o’z sharafini munosib oqladi.
Murod Bahodirov







