Sport

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamosiga kim murabbiy bo‘lishi mumkin?

Yaqinda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa murabbiyligiga sloveniyalik Srechko Katanes bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida xabar tarqaldi. Milliy terma jamoamiz jahon chempionati saralash o‘yinida Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berganidan so‘ng Vadim Abramov murabbiylikdan ozod etildi. Shundan so‘ng milliy terma jamoamizga kim bosh murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqida muhokama, bahs-munozaralar yana avj oldi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamosiga kim murabbiy bo‘lishi mumkin?

 

O‘tgan vaqt davomida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bir nechta xorijlik va mahalliy murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik Karlush Keyrush nomzodi ham ko‘rsatilgan, lekin u ayni paytda oilasi bilan Mozambikda ekani va bu yerdan hali ketish niyati yo‘qligini aytgan. Murabbiylar kengashi, ekspertlar tahlili va tavsiyalariga ko‘ra, ayni paytda, milliy terma jamoamiz boshqaruviga tajribali sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

 

Srechko Katanes kim?

 

58 yoshli mutaxassis dastlab Sloveniyaning “Lyublyana” klubida o‘ynagan.  1981 yildan 1988 yilgacha esa Yugoslaviyaning “Olimpiya”, “Dinamo” va “Partizan” klublarida to‘p surgan. 1988 yilda Germaniyaning “Shtutgart” jamoasiga ko‘chib o‘tdi va u yerda bir mavsum to‘p surdi.  U “Shtutgart” klubi bilan Yevropa chempionlar ligasi finalchisiga aylanadi. Mavsum tugagach, Italiyaning “Sampdoriya” jamoasiga o‘tdi. Bu klub bilan Srechko Katanes Italiya chempionligi bilan bir qatorda Italiya kubogi va super kubogini ham qo‘lga kiritdi. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murabbiylik bilan shug‘ullandi. U dastlab “Goritsa” va “Olimpiakos” klublarida ishladi. Shuningdek, Makedoniya (2006-2009y.), Birlashgan Arab Amirliklari (2009-2011y.), Sloveniya (2013-2017y.), Iroq (2018-2021y.) terma jamoalarini boshqardi. U slovenlarni Yevropa va jahon chempionatlariga olib chiqdi. Ammo Sloveniya jahon chempionatida  barcha uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng Katanes lavozimidan chetlatildi.

 

Mutaxasis fikri

Davron Fayziyev, futbol sharhlovchisi:

- Futbol muxlislari Srechko Katanesning murabbiy bo‘lish ehtimoli haqidagi xabarni iliq qarshi oldi. U ham Yevropa, ham Osiyoni ko‘rgan, bilgan mutaxassis. O‘z jamoasini jahon va Yevropa chempionatiga olib chiqqan. Qayerda ishlamasin, barqaror faoliyat olib borgan. Iroq terma jamosi o‘yinini o‘zgartira olgan. Iroq, hatto, Eron bilan o‘yinda ustunlik qilgan.

 

  Murabbiy qancha oylik oladi?

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2018 yilda argentinalik murabbiy Ektor Kuper bilan uch yilga shartnoma imzolagan edi. Terma jamoamiz Qatarda bo‘ladigan jahon chemponatiga chiqadigan bo‘lsa, shartnoma yana bir yilga uzaytirilardi. Biroq bu reja amalga oshmaganidan so‘ng 62 yoshli mutaxassis isteʼfoga chiqdi. O‘shanda Kuperning bir yillik maoshi 2 million yevro atrofida bo‘lgani aytildi. Argentinalik mutaxasis ketganidan keyin terma jamoaga Vadim Abramov keldi, biroq jamoamiz jahon chempionatining so‘nggi bosqichiga ham yetib borolmadi. Maʼlumotlarga qaraganda, Abramov murabbiylik vaqtida oyiga 250 million so‘m maosh olgan. Ammo bo‘lajak murabbiyning qancha maosh olishi haqida hozircha maʼlumot yo‘q. Katanesning so‘nggi ish joyi — Iroqdagi  yillik maoshi 1,2 million yevroga teng bo‘lgan. Bu oyiga 1 milliard 250 million so‘m degani. Agar Katanes eng kamida Iroqda olgan maoshini talab qilsa, O‘zbekiston u uchun Abramovnikidan 5 barabar ko‘p pul to‘lashi kerak bo‘ladi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamosiga kim murabbiy bo‘lishi mumkin? | Zamon.uz