Jahon

2020-yilda Ilon Maskning qancha oylik maosh olgani ma'lum bo'ldi

Tesla kompaniyasi ma’lumotlariga qaraganda, o’tgan yil davomida tadbirkorning oylik maoshi $0 ga teng bo’lgan.

2020-yilda Ilon Maskning qancha oylik maosh olgani ma'lum bo'ldi

 

Ammo shunga qaramasdan Mask AQShdagi eng yuqori oylik to’lanadigan bosh direktor bo’lib qolmoqda.

 

Maskning nolga teng bo’lgan holat, uning rasmiy ravishdagi oylik maoshsiz ham yuqori daromad topganligini ifodalaydi.

 

Gap shundaki, 2018-yilda Tesla kompaniya rivojlanishining 10-yillik rejasini ishlab chiqqan edi. Unga ko’ra, Ilon Mask uning oldiga qo’yilgan 16 ta yo’nalish bo’yicha natija ko’rsatishi kerak bo’ladi.

 

Mask ularning hech bo’lmasa 12 tasini amalga oshirgan taqdirda va kompaniya kapitalizatsiyasi $650 mlrdni tashkil etganda, maxsus huquqqa (opsion) ega bo’ladi.

 

Bunda Mask yirik aksiya paketini bozor qiymatidan ham pastroq narxda sotib olishi mumkin.

 

Bloomberg baholashicha, Mask 2020-yil uchun berilgan huquqdan foydalangan va $6,7 mlrd miqdordagi rag’batlantirishga ega bo’lgan. Tadbirkorning o’zi vaziyatni quyidagicha ifodalaydi:

 

“Opsionlarning aksiyalarga nisbatan qo’llanilishi, odamzot 10−20 yildan so’ng Marsga yetib borishi uchun muhimliligidadir”, — deydi Twitterdagi sahifasida.

 

Agar Mask barcha belgilangan vazifalarni amalga oshira olsa, 2028-yilga kelib, u kompaniyaning 28% aksiyalariga egalik qiladi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"