“Barselona” prezidenti Joan Laporta Messini “klubning eng zo‘ri edi” deya yodga oldi
Ayni damda UEFA‘da transferlar masalasiga bag‘ishlangan press-konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda BBS xabar berdi.


Unda “Tottenham”, “Manchestr Ситй”, “PSJ”, “Barcelona” va “Реал Мадрид” klubi vakillari ishtirok etyapti. Anjuman davomida jurnalistlardan biri “Barselona” rahbari Joan Laportaga Messining transferi bo‘yicha savol bilan murojaat qildi.
Afsonaviy jamoa prezidenti “Biz Messini har doim yaxshi ko‘ramiz”, - deb aytgan. “U klubning ajoyib o‘yinchisi edi. Ammo, sekin-asta munosabatlar yomonlashdi. Bizga kamida yana ikki yil kerak edi. Messini “PSJ”da ko‘rganimda nimalarni his qilganimni ikki og‘iz so‘z bilan aytishim qiyin. Albatta, qahramon biz bilan bo‘lishini istardik. Biroq, to‘g‘ri qaror qabul qilganimizga aminman. Hech kim va hech narsa klubdan muhim emas. Tanlov imkoni ham yo‘q edi”, - deya javob berdi “Barcelona” prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq messi “Barcelona”ni tark etgandi hamda “PSJ”dan qancha oylik olishi maʼlum bo‘lgandi.
Murod Bahodirov







