Konor Makgregor 2022 yilda yana jang o‘tkazishi mumkin
Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor UFC turnirida faol ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi. 32 yoshli Makgregor 2022 yilda janglarni yana davom ettiradi.


Makgregor iyul oyida Dastin Porye bilan uchrashuvda unga boy berdi. U birinchi raund oxirida oyog‘ini sindirib, jangni davom ettira olmadi. Shundan so‘ng sportchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Uning taʼkidlashicha, tez orada avvalgi holatiga qaytadi.
Makgregor – UFC‘ning turli vazn toifasida sobiq chempion. U oxirgi marta 2018 yilning kuzida chempionlik uchun kurashgan. Keyinchalik rossiyalik Habib Nurmagomedovga yutqazgan edi.
Jamshid Amirov







