Sport

Ronaldo “Yuventus”dan ketmoqchi

«Yuventus” Krishtianu Ronalduni shu yilgi transferda sotishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, turinliklar  yiliga 31 million yevro maosh oladigan 36 yoshli futbolchi bilan moliyaviy holat tufayli xayrlashmoqchi. Qolaversa, Ronaldo ham ketishga qarshi emas.

Ronaldo “Yuventus”dan ketmoqchi

 

 

Portugaliyalik futbolchi keyingi faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi haqida bir qancha taxminlar mavjud. Xaridorlar orasida “Real Madrid”, “PSJ” va “Manchester Yunayted” klublari bor. Madridliklar Ronaldo bilan shartnoma tuzish fikridan voz kechdi, chunki ular hozircha “PSJ” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildiryapti.

 

“PSJ” Lionel Messidan so‘ng Ronaldoni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Manchester Yunayted” esa fransuz yarim himoyachisi Pol Pogbaga qiziqish bildirmoqda. Agar u bilan kelishuvga erisholmasa, Ronaldoning “Manchester Yunayted” klubiga o‘tish ehtimoli yana-da oshadi.

 

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchining “Yuventus" bilan shartnomasi 2022 yilda tugaydi.

 

Jamshid Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ronaldo “Yuventus”dan ketmoqchi | Zamon.uz