Ronaldoning futboldan tashqari hayoti
Ronaldo 1985-yil 5 -fevralda tug‘ilgan,” Yuventus” futbol klubi va Portugaliya milliy futbol jamoasida o‘ynaydigan professional futbolchi.


Futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi — uning “Manchester Yunayted” klubidan “Real Madrid” jamoasiga o‘tishi 83 million funt sterlingga tushgan. Bugungi kunning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Ronaldoning bugungi kunda futboldan tashqari ko‘plab daromad manbayi mavjud: ishlab chiqarish, mehmonxonalar, kafe va restoranlar. Ularning ichida SR7 brendi alohida o‘rin tutadi.

Ushbu brenda ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqariladi. Masalan,atir, krassovka, sport mahsulotlari va hokazo. Bundan tashqari futbolchining avtoparki bamisoli mashina bozoridek, chunki bu yerda 20 dan ziyod avtomobillar mavjud. Eng mashhur va qimmat avtomobillaridan biri 11 million yevrolik “BugattiLaVoitur” hisoblanadi.

Bundan tashqari Ronaldoning garajini “Bugatti Sheyron”,

“Lambargini Aventador”

“Bugatti Veyron”

“Kadilak Eskalade”

“Aston Martin”

“Masseratti”

kabi ko‘plab qimmatbaho avtomobillarni ko‘rishingiz mumkin. Ronaldoning uylariga to‘xtaladigan bo‘lsak, portugaliyalik futbolchi dunyoning ko‘plab mashhur shaharlarid a bir-biridan go‘zal va hashamatli uylar barpo etgan.
Ispaniyadagi villasining narxi —109 million,

Portugaliyadagi uyining narxi — 8 million dollar

Italiyadagi villasining narxi tahminan 28 million dollar baholangan.

Uylar juda ham chiroyli bo‘lib, dunyo standartlariga javob beradi. Eslatib o‘tamiz, Ronaldoning “Instagram”da 326 milion obunachisi bor. Bu Ronaldo nafaqat futbol, balki dunyoning eng mashhur insoni deganidir.
Murod Bahodirov







