Shifokor qon bosimini tushirishning 8 usulini tavsiya etdi
Shvetsiyalik shifokor Mats Xalldin arterial bosimni tushirishning 8 ta usuli haqida gapirdi.


U qon bosimining simob ustunida 120/80 millimetr bo‘lishi ideal bosim ekanini eslatib o‘tdi. Agar qon bosimi 140/90 dan oshib ketsa, uni tushirish kerak.
Shifokor buning uchun, birinchi navbatda, kamida yarim soat aylanish yoki kun davomida 3 marta 10 daqiqadan sayr qilishni tavsiya etdi.
Ikkinchi tavsiya esa smartfon yoki fitnes bilaguzukka qadam o‘lchovchi dasturni o‘rnatib olish va kuniga kamida 10 ming qadam yurishdan iborat.
Uchinchisi, stressdan qochib, dam olishni bilish kerak. To‘rtinchi tavsiya kun davomida ayrim vaqtlarda telefon, kompyuter va televizorni o‘chirib qo‘yish lozim.
Shuningdek, Mats Xalldin bir sutkada 7 soatdan kam uxlamaslik, meʼyoridan ortiq ovqatlanmaslik va chekishdan voz kechish kerakligini aytgan.
Shifokorning sakkizinchi tavsiyasi spirtli ichimliklar isteʼmol qilmaslikdan iborat. Chunki alkogol qon bosimiga aks taʼsir o‘tkazadi.
Sharofat Mahmudova







