Sport

Zubayra Tuxugov bilan Rikardo Ramos o‘rtasidagi jang muddati maʼlum bo‘ldi

UFC‘ning yengil vazn toifasidagi  Zubayra Tuxugov bilan braziliyalik Rikardo Ramos o‘rtasidagi jang shu yilning 30 oktyabrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Zubayra Tuxugov bilan Rikardo Ramos o‘rtasidagi jang muddati maʼlum bo‘ldi

 

 

Shuningdek, shu kungi UFC 267 turnirida Hamzat Chimayev, Shamil Gamzatov, Islom Maxachev, Tagir Ulanbekov, Aleksandr Vol kabi jangchilar ham maydonga tushadi.

 

Tuxugov o‘tgan yil ikkita jang o‘tkazdi: fevralda Oklend (Yangi Zelandiya) da bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda Kevin Agilarni muddatidan oldin mag‘lub etgan bo‘lsa, sentyabr oyida Hakim Davodga yutqazib qo‘ydi. U bugungi kungacha  UFCda yettita jang o‘tkazgan. Ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan, ikkitasida imkoniyatni boy bergan. Bittasi durang natija bilan yakunlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, Tuxugov va Ramos o‘rtasidagi jang mart oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Zubayraning jarohati tufayli bahs qoldirilgandi.

 

Murod Bahodirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.