Jahon

Ijtimoiy sahifasida Afg‘onistonda qolib ketganini aytgan britaniyalik talabaning akkaunti bloklandi

Britaniyalik talaba Maylz Rautledj yozgi taʼtilda “dunyodagi eng yomon joylardan biri”ni borib ko‘rishni rejalashtirgan edi.

Ijtimoiy sahifasida Afg‘onistonda qolib ketganini aytgan britaniyalik talabaning akkaunti bloklandi

 

U Afg‘onistonni “Tolibon” egallayotganini bilsa-da, prezident Ashraf G‘ani hukumati bunchalik tez taslim bo‘lishini kutmagan edi.

 

Maylz toliblar tomonidan o‘g‘irlanishi mumkinligini bilib, har ehtimolga qarshi Lord mavqeiga mansubligi to‘g‘risida sertifikat sotib olgan va kredit karta rasmiylashtirgan. U 13 avgust kuni Kobulga yetib keldi. Noxush voqea sodir bo‘lgan taqdirda toliblarga o‘lpon taklif qilishni rejalashtirgan.

 

Soxta lord Rautledj ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlari bilan bo‘lishishni boshladi. U safarga chiqishdan oldin o‘z tanlovini quyidagicha izohlagan:

 

Men plyajda yotishni yomon ko‘raman. Shuning uchun noodatiy ish qildim. Men Afg‘oniston juda go‘zal va buning ustiga, arzon degan qarorga keldim. Bu yerda rostdan ham hamma narsa arzon. To‘yimli tushlik bir dollarga ham yetmaydi

Antiqa sayohatchi boshqalarni ham Kobulga taklif qilgan. Ammo vaziyat og‘irlashganda “lord” ham xavotirlana boshladi.

 

“Mahalliy harbiylar bilan uchrashdim, yaxshi odamlar ekan. Reyslar bekor qilingan, ammo o‘ylashimcha evakuatsiya qilish mumkin bo‘ladi”, —deb yozgan u.

 

Britaniyalik "antiqa" sayyohatchi qo‘rqqanidan milliy libos sotib olib, xavf tug‘ilganda o‘zini afg‘onistonlik deb tanishtirishni rejalashtirdi.

 

U yordam so‘rab Britaniya elchixonasiga borganida, elchixona yopilib bo‘lgan edi. Aeroportda esa poytaxt to‘liq toliblar nazoratiga o‘tgani va mamlakatdan chiqib ketishning hech qanday imkoni qolmaganini bildi.

 

Hozir u ijtimoiy sahifasini BMT  ijaraga olgan binolardan birida  turib yuritmoqda.

“Balki meni ertaga evakuatsiya qilishar, balki bir oydan keyin. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham bu universitet yotoqxonasidan yaxshiroq”, — degan u o‘zining blogida.

 

Maylzning postlari internetda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar uning hikoyalari rostligiga ishonmasa, boshqalar buni ruhiy kasallikka yo‘yishmoqda.

 

Soxta lordning so‘nggi posti kecha, 16 avgust kuni eʼlon qilingan.

 

“Menga himoya vositasi beriladi, evakuatsiya qilishadi va xavfsiz joyga olib ketishadi. Men eng yaxshilar bilan birgaman”, —deb yozgan u.

 

Shundan so‘ng uning akkaunti yopilgan.

 

Sharofat Mahmudova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ijtimoiy sahifasida Afg‘onistonda qolib ketganini aytgan britaniyalik talabaning akkaunti bloklandi | Zamon.uz