Siyosat

«Joylarda faqat mening tashrifim oldidan haqiqiy holatni bo‘yab ko‘rsatishdek xo‘jako‘rsin ishlar davom etmoqda» — prezident

Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, hududlarga tashrif chog‘ida “marshrut”ni o‘zgartirish joylardagi rahbarlarni bo‘shashmasdan, doimo ishchan holatda turishga o‘rgatadi.

«Joylarda faqat mening tashrifim oldidan haqiqiy holatni bo‘yab ko‘rsatishdek xo‘jako‘rsin ishlar davom etmoqda» — prezident

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida viloyatlarga safari payti “marshrut”ni to‘satdan o‘zgartirishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

«Men Prezident sifatida ish boshlagan birinchi kunlardanoq o‘z komandamni haqiqiy holatga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan balandparvoz gaplar va „chiroyli“ raqamlarni yoqtirmasligimni aytib, qattiq ogohlantirganman. Qanchalik achchiq va noqulay bo‘lmasin, men faqat to‘g‘ri va haqqoniy maʼlumotni bilishni istayman. Bu men uchun to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi», — dedi davlat rahbari.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu talabni hamma ham tushunib yetgani yo‘q, haliyam eskicha usulda maʼlumot berishga urinishlar bo‘lib turadi.

 

«Lekin men bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilaman. Ana shu haqiqatni tushunmaganlarning ko‘pchiligi bilan xayrlashdik va bu masalada talab doimo qattiq bo‘ladi. Xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari, jamiyatimizning kelajagi, farzandlarimizning baxtini taʼminlashga qaratilgan bugungi islohot jarayonlarining o‘zi shuni talab etmoqda. Bu borada boshqacha yo‘l tutishga haqqimiz yo‘q», — dedi prezident.

 

Shavkat Mirziyoyev bu talabni tushunmagan rahbarlar va amaldorlarning ishdan olinishini aytib o‘tdi.

«Mening mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshiradigan har bir tashrifimdan asosiy maqsad — xalq qanday yashayotgani, nima bilan nafas olayotganini bilishdan iborat. Shuning uchun ko‘p hollarda safar davomida yo‘nalishni to‘satdan o‘zgartirishimga to‘g‘ri keladi. Bunday kutilmagan, hech qanday protokolda qayd etilmagan «marshrut"lar joylardagi rahbarlarni bo‘shashmasdan, doimo ishchan holatda turishga o‘rgatadi, deb o‘ylayman», — dedi prezident.

 

Davlat rahbarining qayd etishicha, uning ogohlantirishiga qaramasdan, joylarda faqat prezidentning tashrifi oldidan ko‘cha va maydonlarni tozalash, bir kechada binolar oldida “maysazor” va «gulzor"lar paydo qilish, umuman, haqiqiy holatni bo‘yab ko‘rsatishdek xo‘jako‘rsin ishlar davom etmoqda.

 

«Ko‘zbo‘yamachilik, odamlarni qiynash, soxta va balandparvoz gaplarga o‘chlik yillar davomida baʼzi rahbarlarning qon-qoniga shu qadar singib ketgan ekanki, ulardan qutulish qiyin bo‘lyapti. Lekin qanday bo‘lmasin, bu kabi illatlarga butunlay chek qo‘yishimiz kerak. Chunki bunday holatlar rostgo‘y, soxta gap va ishni umuman qabul qilmaydigan xalqimizning asl tabiatiga mutlaqo yotdir», — deya qo‘shimcha qiladi Shavkat Mirziyoyev.

 

Uning taʼkidlashicha, mahalliy hokimiyat idoralarining ishi prezident kelib ketishi bilan tugamasdan, aksincha, tashrifdan keyin yangitdan boshlanishi, hatto oldingidan ham ko‘payishi lozim.

 

«Shundagina ishimizda surʼat va sifat bo‘ladi, natija uchun ishlashga o‘rganamiz. Ilgari hokimlar tashrifdan tashrifgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida bamaylixotir, taʼbir joiz bo‘lsa, yallo qilib yurardi, endi esa ular o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yib, xalq bilan maslahat asosida astoydil ishlamoqda. Chunki ular biladi: Prezident kelgusi safar albatta har bir masala bo‘yicha aniq natijani so‘raydi», — deydi u.

 

Shavkat Mirziyoyev taraqqiyotining bugungi yangi bosqichida oldimizda turgan dolzarb vazifalarni tezkor hal qilishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish, vazifa va vakolatlarini aniq belgilash, shuningdek, ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etish zarur deb hisoblaydi.

 

Shu maqsadda maxsus qaror ham qabul qilindi. Yuqorida aytib o‘tilgan toifaga mansub rahbarlarning o‘rinbosarlari prezident va Vazirlar Mahkamasi oldida javobgar.

 

«Boshqacha aytganda, turli bo‘g‘indagi rahbar o‘rinbosarlari o‘z boshlig‘ining soyasida yuradigan vaqt o‘tdi. Endi ular ham aniq vazifalar uchun javob beradi. Shaxsiy masʼuliyat va javobgarlik barcha boshqaruv idoralari xodimlari uchun bosh mezon bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qiladi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

«Joylarda faqat mening tashrifim oldidan haqiqiy holatni bo‘yab ko‘rsatishdek xo‘jako‘rsin ishlar davom etmoqda» — prezident | Zamon.uz