Konor Makgregor: "Raqibimni 13 soniya ichida nokautga uchrataman"
Konor Makgregor yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempionligini qo‘lga kiritmoqchi.


UFC jangchisi Konor Makgregor Dastin Poriyerga qarshi jang qilish uchun oyog‘idan olgan jarohatini davolashni davom ettiryapti. U endi yarim o‘rta vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritish va bu sport turi tarixida uchta vazn toifasida chempoin bo‘lgan birinchi jangchi bo‘lishni orzu qilmoqda.
"Raqibimni 13 soniya ichida nokautga uchrataman va bu UFC chempionlik jangidagi eng tez amalga oshirilgan nokaut bo‘ladi Shunda men UFC chempionlik jangida eng ko‘p nokaut qayd etgan sportchi bo‘laman. Uchta jang, uchta nokaut, uchta yangi rekord. Bunga juda yaqin qoldi! ” — deb yozdi Makgregor o‘zining “Twitter”dagi sahifasida.
Yarm o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregorning balandparvoz gaplari ustidan kuldi.
"Men aytgan so‘zimning ustidan albatta chiqaman. Poriyer, Habib yoki Diasga tag‘in qo‘ng‘iroq qilib o‘tirmang, yaxshilikcha o‘zingizni bosib oling”, — dedi Usman “Twitter”da Konorning gapiga javoban.
Murod Bahodirov







