Sport

UFC‘da ishtirok etadigan O‘zbekiston vakillari soni 4 nafarga yetadi

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Saidyoqub Qahramonov (8-2) O‘zbekiston vaqti bilan 22 avgust tongida UFC promoushenida debyut qiladi.

UFC‘da ishtirok etadigan O‘zbekiston vakillari soni 4 nafarga yetadi

 

 

Yengil (-61 kg) vazn toifasida harakat qiluvchi Qahramonovning maʼlum qilishicha, sportchi UFC bilan to‘rtta jangga shartnoma imzolagan. U 18 avgust kuni Toshkentdan AQSHga uchib ketadi.

 

Qahramonov 21 avgust kuni (Toshkent vaqti bilan 22 avgust tongi) Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC on ESPN 29 musobaqasida jang qiladi. Unga guamlik Trevin Jons (13-6) raqib bo‘ladi.

 

Avvaliga Jons Mana Martinesga qarshi jang qilishi ko‘zda tutilgandi. Biroq bu jang bekor qilingan. Qahramonov jangga bir necha kun qolganda Martinesning o‘rinini egallashi maʼlum bo‘lgan.

 

Shu tariqa Qahramonov UFC‘da jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bo‘ladi. Ayni vaqtda Mahmud Murodov, Zarrux Adashev va Liliya Shokirova ushbu promoushenda harakat qilmoqda.

 

Saidyoqub Qahramonov 1995 yilning 14 noyabrida Samarqandda tug‘ilgan. Shu vaqtga qadar sportchi professional MMA‘da o‘nta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘olib bo‘lgan va ikkita jangda yutqazgan. Mag‘lubiyatlaridan birini hozirda UFC‘da ishtirok etayotgan Umar Nurmagomedovdan qabul qilib olgan.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

UFC‘da ishtirok etadigan O‘zbekiston vakillari soni 4 nafarga yetadi | Zamon.uz