Ronaldo jamoasiz qoladimi?
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klubda islohot qilish uchun rahbariyatdan mablag‘ talab qilmoqda va buni Ronaldoni sotib yuborish orqali keladigan transfer summasi va hujumchining maoshidan tejaladigan pul evaziga amalga oshirmoqchi.


Hayratlanarlisi, bu taklifni jamoadagilar ham qo‘llab-quvvatlamoqda, ular portugaliyalik yulduzning ketishi klub faoliyatiga har tomonlama ijobiy taʼsir qiladi, deb hisoblayapti.
Ronaldoning hozircha qaysi klubga o‘tishi noʼmalum. Yaqinda Kilian Mbappe “PSJ”ning olti yillik shartnomasini rad etganidan keyin parijliklar uning o‘rniga Ronaldoni kelishini kutgandi. Biroq “PSJ” bu transfer ularga hozircha kerak emasligini maʼlum qildi.
Futbolchi agenti Jorje Mendesh “Manchester Siti”dan Ronaldoni sotib olishni so‘ramoqda. Lekin bu taklifga Xosep Gvardiola hozircha munosabat bildirgani yo‘q.
Jamshid Amirov







