Koronavirusni aniqlashda ishlatiladigan ekspress-test xorijdan beg‘araz ko‘mak sifatida keltirildi
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati markaziga koronavirus va antitanachalarni aniqlaydigan 9600 donadan ortiq ekspress-test topshirildi.

Ushbu ekspress-testlar markazning xorijiy hamkori tomonidan beg‘araz taqdim qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatimizga olib kelindi.
Tadbirda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov bunday ekspress-testlar bugungi pandemiya sharoitida tezkorlikni taʼminlab, kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli choralarni qisqa muddatlarda ko‘rish imkonini berishini taʼkidladi.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbariyati tomonidan ushbu ekspress-testlarning mamlakatning 14 ta hududiga tegishliligicha taqsimoti taʼminlanib, davlat tibbiyot muassasalarida maqsadli ishlatilishiga kafolat berildi.







