Rossiyada “Sputnik-V” vaksinasining modernizatsiya qilingan varianti ishlab chiqildi
Vaksina avvalgisiga nisbatan quchaytirilgan va u “delta” shtammiga moslashtirilgan.

Gamaleya nomidagi ilmiy markaz direktori Aleksandr Ginsburgning maʼlum qilishicha, markaz muzlatkichlarida ushbu vaksinaning tayyor ishlangan loyihalari bor. Shuningdek, olim uning samaradorligi haqida gapirishga erta ekanini aytgan.
Ginsburg Rossiyada kasallik holatlari kamayib, o‘lim holatlari oshishiga “delta” shtammning keng tarqalganini sabab qilib ko‘rsatgan. Kelajakda yangi shtammlar ham paydo bo‘lishi mumkin, lekin ularning xavfini oldindan aytib bo‘lmaydi.
Bundan avval, JSST AQSHda koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlash qarorini tanqid qilgan edi.







