«O‘tgan 5 yil davomida o‘zim ham ko‘p narsani o‘rgandim» – Shavkat Mirziyoyev
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog‘ida Samarqand bilan bog‘langan prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlar vakolati haqida to‘xtaldi.


“Mana, samarqandlik tadbirkorlar hisob raqamida bir necha millionlab dollar pullar bor. Haloli bo‘lsin, bundan ham ko‘paysin. Oldin hisobida buncha pul bo‘lsa, darrov “maski shou” bo‘lib ketardi.
Samarqandda yer sotish ko‘payib ketdi, bir necha hokimlar ham bu ishga aralashib qoldi. Prokuror maʼlumot keltirganida men majbur bo‘ldim qo‘l qo‘yishga. Chunki jinoyat bo‘lsa jazo muqarrar!
Shuning uchun ham hokimlar vakolatini qisqartirib, asta-sekin jamoatchilikka beraman. Men o‘zim o‘tgan 5 yilda ko‘p narsani o‘rganib bildim.
“Samarqand tadbirkor yoshlar makoni” degan ibora kuchga kiradi hali. Mulkdor bo‘linglar! Sizlar qancha ko‘p mulkdor bo‘lsangiz, islohotlarga befarq bo‘lmaysiz”, dedi prezident.







