Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev 23-avgust, dushanba kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

 

Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning boshqa dolzarb masalalari va umuman mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi. Suhbat davomida Afg‘onistondagi bugungi notinch vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.

 

Ayni paytda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlat rahbarlarining sammiti videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tmoqda. Tojikiston prezidenti raisligida bo‘lib o‘tayotgan sammitning asosiy mavzusi ham Afg‘oniston haqida.

 

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Afg‘onistondagi yuzaga kelgan vaziyat, shuningdek, yaqin hamkor mamlakatlar va mintaqadagi qo‘shnilar tomonidan ehtimoliy tahdidlar va xavf-xatarlarga javob qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan chuqur tanishish maqsadida mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi | Zamon.uz