Siyosat

Navoiyda quyosh stansiyasi ishga tushirilishi 80 mln kub metr gazni iqtisod qilish imkonini beradi – Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida yangi barpo etilgan quyosh fotoelektr stansiyasining ramziy ishga tushirilish marosimida ishtirok etdi va shu yerda hudud faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Navoiyda quyosh stansiyasi ishga tushirilishi 80 mln kub metr gazni iqtisod qilish imkonini beradi – Shavkat Mirziyoyev

 

 

“Sizlarni Mustaqillik bayramining 30 yilligi arafasida ko‘rib turganimdan xursandman. Imkon qadar xalqimiz bilan ko‘proq muloqot qilyapmiz, pirovard maqsadimiz odamlarimiz roziligi, xalqimiz farovonligi. Faoliyatimizni kuzatayotgan bo‘lsangiz, har bir hududga aynan o‘sha yerni qiynayotgan muammolardan kelib chiqib yondashyapmiz.

Karmanadagi yashil energiya loyihasi bilan tanishish uchun nima uchun shaxsan o‘zim keldim? Sababi, biz aytgan rejalar faqat qog‘ozda qolib ketmaydi, har biri o‘ziga xos yangilik olib kelishi shart. Har birining ortida xalqimizga iqtisodiy farovonlik keltirishi kerak. Yaqinda tadbirkorlar bilan uchrashdim, ularni qiynayotgan muammolar ichida elektr energiyasi juda jiddiyligi maʼlum bo‘ldi.

Shu bois, muqobil elektr energiyasi hajmi oshmasa, arzon bo‘lmasa, biz ko‘zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Bugun bu katta natijaga qator hamkorlarimiz bilan erishdik va bu faqat birinchi qadam. Endi bunday loyihalarni ko‘paytirishimiz, ishlab chiqariladigan uskunalarigacha o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak.

Vertolyotdan turib kuzatdim, 300 mingga yaqin panelni 270 gektar yerga o‘rnatdik. 5 ming megavatt quyosh va 3 ming megavatt shamol energiyasini o‘zlashtirishni rejalashtirganmiz. Bu rejalarimizni kuzatgan hamkorlarimiz, investorlarning ham bizga ishonchi ortyapti. Mana shu loyiha amalga oshishi bilan 80 mln kub/metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi, bu gaz uylarga boradi. 

Bundan tashqari, 160 ming tonna zaharli gazlar havoga tarqalishining oldini oladi. Mening oxirgi majlisim ekologiya to‘g‘risida bo‘ldi. Mana ekologiya uchun jiddiy qadam”, deya taʼkidladi prezident.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Navoiyda quyosh stansiyasi ishga tushirilishi 80 mln kub metr gazni iqtisod qilish imkonini beradi – Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz