O'zbekiston

«Men Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik lavozimini kabinetdan xalq orasiga olib chiqqani uchun hurmat qilaman» — Ibrohim G‘afurov

Ayni paytda poytaxtdagi Ko‘ksaroy qarorgohida yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

«Men Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik lavozimini kabinetdan xalq orasiga olib chiqqani uchun hurmat qilaman» — Ibrohim G‘afurov

 

Yozuvchi tarjimon, tanqidchi, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov Ko‘ksaroy qarorgohida taqdirlash marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

 

«Menga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni jahon mumtoz yozuvchisi Fedor Dostoyevskiy tavalludining 200 yilligida berilayotganida ham adabiyotga eʼtibor, ramziy maʼnolar ko‘raman. Chunki men 30 yil davomida bu yozuvchining asarlarini o‘zbekchaga o‘girdim. Qarang, nafaqat yozuvchi, balki tarjimon ham munosib ko‘rilib, shunday yuksak mukofot berilmoqda.

Men prezidentimizni nima uchun hurmat qilaman – Shavkat Miromonovich 5 yil avval prezidentlikka kirishganidan boshlab o‘z lavozimini kabinetdan xalq orasiga olib kirdi. Uzoq qishloqlarga, taʼlim auditoriyalariga, qo‘shni davlatlar qalbiga kirib bordi bu inson», dedi Ibrohim G‘afurov.

 

Prezident ham adabiyotshunos olim haqida iliq fikrlar bildirgan.

 

«O‘zbek adabiyotining zabardast namoyondasi, atoqli tarjimon Ibrohim aka G‘afurov timsolida adabiyotimizning pok, halol, kamtarin katta vakilini ko‘raman. Bu inson butun umr mehnat qildi, umri shukronalikda o‘tdi.

 

Hozirgi kunda ham ko‘plab shoir va yozuvchilar, tarjimonlar Ibrohim akani adabiyot sohasidagi ustozim deydi, unga munosib shogird bo‘lishga harakat qiladi.

 

Ibrohim akaga o‘xshagan halol insonlar bizga o‘rnak bo‘lishi kerak. Hayotda, mehnatda, umrda. Bitta stol, ruchka va bitta xona. Boshqa biror narsani bu inson o‘zi uchun ep ko‘rmagan. Mana shunday inson albatta O‘zbekiston Qahramoni bo‘lishiga loyiq», dedi davlat rahbari.

 

  • Ibrohim G‘afurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. 1956-1961 yillarda SAGU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetida o‘qigan. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1995 yilda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori bo‘lgan. U 1996 yildan mazkur partiyaning raisi, «Milliy tiklanish» gazetasining bosh muharriri bo‘lib ishlagan. G‘afurov «Go‘zallikning olmos qirralari» (1964) «Unutilmagan bog‘» (1965), “Joziba” (1970), «Yonar so‘z» (1973), «Yam-yashil daraxt» (1976), «Yurak -alanga» (1980), «Lirikaning yuragi» (1982), «Sheʼriyat — izlanish demak» (1984), «O‘ttiz yil izhori» (1987), «Til erkinligi» (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. Ibrohim G‘afurov jahon adabiyotining «Jinoyat va Jazo», “Telba”, “Qimorboz” (Doctoyevskiy), “Azizim” (Mopassan), «Alvido, qurol», «Chol va Dengiz» (E.Heminguyey), “Qiyomat”, «Chingizxonning oq buluti” (Chingiz Aytmatov), “Yong‘in” (V.Rasputin) singari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. I. G‘afurov filologiya fanlari nomzodi (1973), O‘zbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, “Do‘stlik” ordeni sohibi (1995).

 

Bundan avvalroq Shavkat Mirziyoyev: «Adiblar xiyobonida Navoiy bobomizni ham qiblaga qaratib, o‘zgartirdim. Chunki buni tagida ham ilohiy kuch bor», deya taʼkidlagandi.

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi bir nechta viloyatdagi davlat tashkilotlarining xaridlarini o‘rganib, tender va tanlovlarda raqobatni cheklash alomatlarini aniqladi.

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.