O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev: «Adiblar xiyobonida Navoiy bobomizni ham qiblaga qaratib, o‘zgartirdim. Chunki buni tagida ham ilohiy kuch bor»

Ayni paytda Toshkent shahridagi Ko‘ksaroy qarorgohida yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev: «Adiblar xiyobonida Navoiy bobomizni ham qiblaga qaratib, o‘zgartirdim. Chunki buni tagida ham ilohiy kuch bor»

 

 

 Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh adiblar haqida gapirib o‘tdi.

 

«Men “Boburnoma”ni ko‘p-ko‘p o‘qishga, Boburning hayot yo‘lini o‘rganishga harakat qilaman. Bilasizlarmi, Boburda umuman halovat bo‘lmagan. Uning hayot yo‘li mashaqqatlar va kurashlarda o‘tgan, faqat mehnat qilgan. Ibrohim akaning ham hayotida halovati bo‘lmagan, umri mehnatda o‘tgan. Hozirga adabiyot sohasidagi barcha yozuvchi va shoirlarimiz bu insonni ustoz deydi. Bu insonga halollik va poklik bo‘yicha munosib bo‘lishga harakat qiladi.
 
Ochiq gap, men Erkin Vohidov va Abdulla Oripov bilan do‘st edim. Abdulla Oripov bilan Zomin maktabini tashkil qilgan edik. Erkin Vohidov bilan esa kechalari ham gaplashardik. Erkin akaning bir gaplari bo‘lar edi: agar o‘zbek tilining buyukligini bilishni xohlasang, Ibrohimjondan so‘rash kerak, derdi. Sevib gapirardilar. Ibrohim aka adabiyotimizning ana shunday zabardast namoyandasi.
 
Ibrohim akaga o‘xshagan halol insonlar bizga o‘rnak bo‘lishi kerak. Hayotda, mehnatda, umrda. Bitta stol, ruchka va bitta xona. Boshqa biror narsani bu inson o‘zi uchun ep ko‘rmagan. Mana shunday inson albatta O‘zbekiston Qahramoni bo‘lishiga loyiq.
 
So‘nggi yillarda yozuvchilar va shoirlarni qo‘limizdan kelganicha qo‘llab-quvvatlayapmiz. Ularni o‘z binosi ham yo‘q edi, ijarada turishardi, mana, Vatanli bo‘lishdi.
 
Adiblar xiyoboni tashkil qildik. Bu ham bejiz emas. O‘zligimizni anglamoqchi bo‘lganlar shu xiyobonga kelib ko‘rsin, nurli bo‘lib turgan Navoiy bobomizga qarasin. Nima uchun Navoiy bobomizni ham qiblaga qaratib, o‘zgartirdim. Chunki buni tagida ham ilohiy kuch bor», dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Bundan avvalroq "Agar o‘zbek tilining boyligini, chiroyini bilishni xohlasangiz, Ibrohim akaga murojaat qilish kerak", deya taʼkidlagandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev: «Adiblar xiyobonida Navoiy bobomizni ham qiblaga qaratib, o‘zgartirdim. Chunki buni tagida ham ilohiy kuch bor» | Zamon.uz