Siyosat

Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlardan samimiy qutlovlar kelmoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlardan samimiy qutlovlar kelmoqda

 

 

Ularda xorijiy hamkorlarimiz mamlakatimizning istiqlol yillaridagi yuksak muvaffaqiyatlarini alohida qayd etgan. Keyingi yillarda demokratik yangilanishlar, ko‘p millatli xalqimiz turmush sifati va farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishdagi natijalar, shuningdek, yangi O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi roli eʼtirof etilishiga va mamlakatimiz xalqaro nufuzining mustahkamlanishiga xizmat qilayotgan konstruktiv va pragmatik tashqi siyosatni olib borishdagi yutuqlar taʼkidlangan.

 

Maktublarda davlatimiz rahbariga yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

 

Qutlov egalari ro‘yxatida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, XXR raisi Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSH prezidenti Jo Bayden, Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va amaldagi rahbar Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va boshqalar bor. 

 

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin. 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlardan samimiy qutlovlar kelmoqda | Zamon.uz