Siyosat

“Tolibon” harakati O‘zbekiston xalqi va rahbariyatini Mustaqillik bayrami bilan qutladi

O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonida faol ishtirok etmoqda.

“Tolibon” harakati O‘zbekiston xalqi va rahbariyatini Mustaqillik bayrami bilan qutladi

Mamlakatimizning konstruktiv rolini Afg‘onistonning hozirgi rahbariyati ham tan oladi. Afg‘oniston Islom Amirligi muzokaralar guruhi a’zosi va “Tolibon” harakati siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Suhayl Shahin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘z rahbariyati nomidan tabrik maktubi yo‘llagani buning dalilidir.

 

Maktubda shunday deyiladi:

– Birodar O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va xalqini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Biz qo‘shni O‘zbekiston bilan samarali va do‘stona munosabatlar o‘rnatishni xohlaymiz. O‘zbekiston ishtirokida Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, temir yo‘l va elektr uzatish tarmoqlarini qurishni davom ettirishdan manfaatdorligimizni tasdiqlaymiz. Afg‘oniston Islom Amirligi tomonidan o‘zbek sheriklarimizga bu yo‘nalishda barcha zarur yordam ko‘rsatiladi.

 

Muhammad Suhayl Shahin,

Afg‘oniston Islom Amirligining muzokaralar guruhi a’zosi va siyosiy idora matbuot kotibi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

“Tolibon” harakati O‘zbekiston xalqi va rahbariyatini Mustaqillik bayrami bilan qutladi | Zamon.uz