Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot bankining yangi prezidentini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni Toshkent shahrida o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon Al-Jassirni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot bankining yangi prezidentini qabul qildi

 

 

Uchrashuv avvalida ITB prezidenti O‘zbekiston rahbari va xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan qutlab, bardavom taraqqiyot, farovonlik va ravnaq tiladi.

 

Pandemiya boshlanganidan buyon ilk bor Bankning eng muhim tadbiri shu kunlarda poytaxtimizda jonli ravishda o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

 

Yuqori darajadagi ushbu forumda ITBga aʼzo mamlakatlar hukumatlari vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar va nufuzli ekspertlar, ommaviy axborot vositalari ishtirok etmoqda. Onlayn va offlayn shakldagi tadbirlarda 4,5 ming nafarga yaqin delegat qatnashmoqda.

 

O‘zbekiston yetakchisi Muhammad Al-Jassirni ITB prezidenti lavozimiga saylangani bilan yana bir bor tabrikladi.

 

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

 

 

“Davlatimiz rahbari ITB bilan sheriklikning izchil kengayib borayotganini yuksak baholab, Bank O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlarning yangi dasturini qo‘llab-quvvatlayotgani va uni ilgari surishga muhim hissa qo‘shayotganini alohida qayd etdi.

Bugungi kunda amaliy hamkorlik portfeli transport, uy-joy kommunal infratuzilma, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, taʼlim, tadbirkorlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan qiymati 2,5 milliard dollarga yaqin bo‘lgan 29 ta loyihadan iborat.

Uchrashuvda ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bu borada 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturini tez fursatda qabul qilish va amalga oshirish hamda Toshkent shahrida Bankning to‘laqonli vakolatxonasini ishga tushirish, moliyalashtirish instrumentlari samaradorligini oshirish muhim ekani taʼkidlandi.

Yangi tashkil etilayotgan O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi faoliyati xususiy tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar farovonligini oshirish uchun samarali mexanizm bo‘lib xizmat qilishiga umid bildirildi.

O‘zbekiston va ITB o‘rtasidagi strategik sheriklik va keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o‘zaro yaqindan ishlash va faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishida ishtirok etayotgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot bankining yangi prezidentini qabul qildi | Zamon.uz