Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabrda O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi

9 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabrda O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi

 

 

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov anʼanaviy brifingda OAV vakillariga davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan haftadagi tadbirlari va joriy haftadagi rejalari bo‘yicha maʼlumot berdi.

 

 

“Bugun [6 sentyabr kuni] farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hafta davomida strategik sohalardagi investitsiya loyihalari, “1 million dasturchi” loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.

9 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar  va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi”, – deya maʼlumot berdi prezident matbuot kotibi.

 

 

Partiya 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari plenumida Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgandi. Endi uning nomzodi O‘zLiDeP qurultoyida tasdiqlanishi lozim bo‘ladi.

 

 

 

Maʼlumot uchun, O‘zLiDeP 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida ham Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabrda O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi | Zamon.uz