Jamiyat

Davlatobod tumanida o‘qishga kirish uchun “abituriyent”ga soxta hujjat tayyorlab bergan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Davlatobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. 2021-2022 o‘quv yili test imtihonlariga o‘zining o‘rniga tanishi M.R.ni kiritish uchun uning foto suratini rasmiy hujjat hisoblangan maʼlumotnoma va Davlat test markazining abituriyent ruxsatnomasiga joylashtirib, ushbu hujjatga rasmiy tus berish maqsadida Namangan shahar IIO FMB va FRB boshlig‘i imzosini soxtalashtirganligi aniqlangan.

Davlatobod tumanida o‘qishga kirish uchun “abituriyent”ga soxta hujjat tayyorlab bergan shaxs ushlandi

M.R. ushbu soxta hujjatlar orqali 13.08.2021 yilda bo‘lib o‘tgan qabul imtihonida qatnashish uchun nazorat yo‘lagidan o‘tmoqchi bo‘lganida to‘xtatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Andijonda 2 nafar soxta abituriyent qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"