Dasturxon atrofidagi odatlar siz haqingizda so‘zlaydi
Psixologlarning taʼkidlashicha, dasturxon atrofidagi odatlar inson xarakteri bilan bog‘liq. Xo‘sh, siz taomlanayotgan mahal o‘zingizni qanday tutasiz?


Taomni tatib ko‘rmay unga tuz qo‘shadiganlar va menyuga qaramay turib buyurtma qiluvchilar hayotdagi o‘zgarishlarni qiyin qabul qilishadi.
Avval bir mahsulotni tanovul qilib, so‘ng boshqasiga o‘tadigan odam mayda narsalarga ham eʼtiborliligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, bunday toifadagilar ishini sidqidildan bajaradiganlar sirasiga kiradi.
Menyuda o‘zgacha, yangi taomlar bo‘lishiga qaramay, doim bir xil taom buyurtma qiladiganlar, odatda, asabiy va sababsiz vahima qiluvchilar bo‘ladi.
Oshxona xizmatchisiga savollar berib, ovqat tanlash bo‘yicha maslahat so‘raydiganlar tayyor va yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun tizimga qarshi boruvchi odamlardir.
Tez ovqatlanadiganlarning tirishuvchanlik xarakteri ularga lahzadan zavq olishga halal beradi. Bunday insonlarning atrofidagi tanishlari ko‘p bo‘lsa-da, faqatgina sanoqli do‘stlariga vaqt ajrata olishadi.
Sekin ovqatlanadiganlar o‘z odatlariga sodiq va juda o‘jar bo‘ladi. Ular o‘z huquqlarini boshqalardan ustun qo‘yuvchilardir. Bundaylar nafaqat dasturxon atrofida, balki ishda ham sekin harakatlanadi.
Yoqimli suhbatdoshlar siz bilan bir vaqtda ovqatlanishni to‘xtatishiga eʼtibor qilganmisiz? Ular murosaga tez kelishadi va boshqalar bilan hisoblashishadi.
Ozoda Choriyeva







