Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining bu hafta ish mundarijasini maʼlum qildi.


Davlat rahbari bu hafta:
16-17 sentyabr kunlari Dushanbeda SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashkilot o‘zining 20 yilligini nishonlaydi;
Sammitning birinchi kuni, 16 sentyabrda davlat rahbari tashkilotga raislik qilayotgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan, 17 sentyabr kuni esa Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi;
17 sentyabr kuni esa davlat rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish yakunida SHHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi;
Yangi formatdagi “Shanxay hamkorlik tashkiloti — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar.
Hafta davomida Prezident huzurida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.







