Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin dolzarb masalalarni muhokama qildi
14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.


Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdilar, deyiladi xabarda.
Avvalroq, O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berilgandi.







