Ta'lim

Alisher Qodirov talabalar undan yordam so’rashayotganini aytdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Milliy Tiklanish” DPdan nomzod Alisher Qodirov talabalar undan yordam so‘rashayotganini aytmoqda. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Alisher Qodirov talabalar undan yordam so’rashayotganini aytdi

 

Ko‘p yoshlar qo‘shni davlatlarning oliygohlaridan o‘qishlarini O‘zbekiston oliygohlariga ko‘chirish uchun qiyin talablar bo‘layotganidan norozi bo‘lib, bu masalada yordam berishimni so‘ramoqdalar.

Yordam bera olmayman, chunki o‘rningizga imtihon topshira olmayman.

O‘zbekiston oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish uchun topshiriladigan testda minimum 67 ball to‘plash talab qilinmoqda. Bu juda past ball.

Qolaversa, qo‘shni davlatlardagi “oliygohlarga” nima maqsadda o‘qishga kirilayotganini hammamiz ham yaxshi bilamiz.

Shu bilan birga, o‘qishga intilayotgan yoshlarni shu kabi “o‘yinlar”ga majburlayotgan saralash tizimini ham o‘zgartirish haqida o‘ylash vaqti keldi.

 Albatta, odamlarda shakllanib qolgan: “oliy maʼlumot diplomi - kafolatlangan farovonlik” degan qarashni ham o‘zgartirish kerak. Maktab shahodatnomasi bilan, aql va mantiqni ishlatgan tadbirkor ikkita diplom bilan 8 dan 22 gacha, boshini egib 5 million so‘m maosh olayotgan davlat xizmatchisidan bir necha barobar ko‘p daromad topyapti va yaxshiroq yashayapti.

Menimcha, oliy maʼlumot olish ishtiyoqi bo‘lgan yoshlarga imkoniyat berish kerak. Kirish imtihonlari oson bo‘lsin. 1-2 yil ichida zo‘rlar va zo‘rakilarni ajratib olib davlat va biznes grantlarini taqdim etishi mumkin.

Mashaqqatli bilim olish jarayoni - tonnalab ruda ichidan grammlab oltinni ajratib olgandek soha mutaxassislarini tasodiflardan  ajratib oladi. Bir parcha qog‘oz uchun, o‘zini aldab, o‘zi topmagan pulni sovurib yurganlar esa juda qimmatga “o‘zini anglash” saboqlarini sotib oladilar.

Oliy taʼlim olish uchun “kirish oson, lekin chiqish qiyin” tizim bo‘lishi tarafdoriman. Oliy taʼlim juda qimmat mahsulot. U nafaqat mablag‘, balki kuchli ishtiyoq va mehnat talab qiladi.

Diplom - darajani belgisi bo‘lishi kerak, ko‘zbo‘yamachilik quroli emas.

Keskinroq gapirgan bo‘lsam uzr so‘rayman, meni qo‘llab-quvvatlamasligingiz mumkin, lekin o‘zimizni aldashni bas qilaylik.

Hamma sohaga yaxshi mutaxassislar kerak. Millionlab diplomli savodsizlar mamlakatni xarob qilyapti. Bu muqarrar inqiroz yo‘li.Oliy taʼlim berish tizimi jiddiy isloh qilinishi shart!

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

custom img

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

Senatda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

custom img

Test sinovlari uchun ajratilgan binolar soni maʼlum qilindi

2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi.

custom img

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari qisqartiriladi

Bu bo‘yicha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

custom img

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihon qachon o'tkaziladi?

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"