Eng dolzarb

Xitoyda emlanganlar soni rekord darajaga yetdi

Xitoyda 1 milliarddan ortiq kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Bu haqda ”Ria Novosti” xabar berdi.

Xitoyda emlanganlar soni rekord darajaga yetdi

 

 

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, hozirgacha bir milliarddan ortiq fuqaro to‘liq emlangan. Bu mamlakat aholisining 70 foizini tashkil etadi. Shuningdek, 12-17 yoshli o‘smirlarning 95 millioni, 60 yoshdan oshganlarning 200 milliondan ortig‘i vaksina olgan. 15 senyatbr holatiga ko‘ra, Xitoyda jami 2,16 milliard doza vaksina ishlatilgan.

 

Avgust oyidagi holatga ko‘ra, butun dunyoda jami 5 milliard doza vaksina ishlatilgan. Buning yarmidan ko‘pi Xitoy va Hindistonga to‘g‘ri keladi.

 

Dunyo miqyosida emlash ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Xususan, AQSH va Buyuk Britaniyada bolalarni ham emlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bunda Pfizer/BioNTech vaksinasidan foydalaniladi. Shuningdek, AQSHda hukumat tizimida xizmat qiladiganlar majburan emlanishi joriy qilindi.

 

Olimlar koronavirusni yengishning yagona yo‘li emlanish ekanini aytishmoqda. Baʼzi davlatlarda vaksina olganlarga yengilliklar berilgan. Masalan, Avstriyada emlanganlar uchun pandemiya yakunlangani eʼlon qilindi.

 

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"